Prezidentning 27 fevral kungi qaroriga asosan, endilikda nogironlar amaldorlar qabuliga navbatsiz kiradi. Adliya vazirligi rasmiysining aytishicha, nogironlar ularni qabul qilmagan mansabdor shaxslar ustidan Vazirlar Mahkamasi, sudlar, prokuratura va adliya organlariga murojaat qilishi mumkin.
Yarim yilda 1429 ta jinoyat ishi doirasida 1785 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Bunda ular yetkazgan moddiy zarar qariyb 700 mlrd so‘mni tashkil etdi. 1210 nafar mansabdor talon-toroj qilish, 158 nafari o‘z mavqeini suiiste’mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo‘rlikda ayblangan.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi katta mutaxassisi fuqaroga uy olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 1200 dollar pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tezkor tadbir davomida uning yonidan «marixuanna» va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama ham topilgani aytilmoqda.
Poytaxtda o‘tgan konferensiyada adliya vaziri Ruslanbek Davletov so‘nggi 5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatni sodir etganini ma’lum qildi. Shundan eng ko‘pi tuman miqyosidagi amaldorlar hisoblanadi. Vazir shuningdek, bir idorada ham tekshiruvchi, ham tekshiriluvchi bo‘lsa, o‘zaro manfaatlar to‘qnashuvi ortidan qonun buzilishini aytib o‘tdi.
Biznes-ombudsman mutaxassisining ta’kidlashicha, shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — dedi u.
Ruslanbek Davletov jamiyat ochiqlik siyosati orqali mansabdorlarni tarbiyalashini ta’kidladi. «Agar amaldorning bitta qadami birovga yoqmaydigan qadam bo‘lsa, albatta yashirishga harakat qiladi, ko‘p holatlarda shunaqa», — dedi u. Vazirning fikricha, ochiqlik «qaysidir vazirlik uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin jamiyat uchun yaxshi».
Qashqadaryo viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i muxbir qizni matbuot kotibi sifatida ishga olish uchun o‘zi bilan «bir kechaga qolishni» taklif etgan. Muxbir qiz rahbar oldinroq ham shunga o‘xshash takliflar bildirganligini ta’kidlamoqda. Boshqarmadagi xodimlardan biri qizga tinch yurishini, rahbarning ukasi «katta joyda ishlashini» aytgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi ushbu holat bo‘yicha surishtiruv bo‘layotganligini ma’lum qildi.
2020-yilda 1723 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1148 ta jinoyat ishi ochilgan. Ular yetkazgan moddiy zarar 500 mlrd so‘mga baholanmoqda.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga mansabdor shaxs tomonidan noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash taklif qilindi. Shuningdek, davlat xizmatchilari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l uradigan sohalar ro‘yxati shakllantiriladi.
So‘nggi 9 oy ichida korrupsiya holatlari yuzasidan 838 ta jinoiy ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ular bo‘yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi, 626 nafari esa shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi. Ushbu korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.
2020 yili Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jami 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Ular mamlakatga 172,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Eng ko‘p jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting